Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabalari «Mirzo Ulug‘bek vorislari» tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi «Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 30-sonli qaroriga asosan Nukus Texnoparki binosida tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlov axborot texnologiyalari va dasturlash, sun’iy intellekt va robototexnika, innovatsion ishlanmalar va startaplar, ilmiy-texnik loyihalar kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ishtirokchilar bu yo‘nalishlarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etmoqda.

Unda qo‘mita a’zolari tomonidan ishtirokchilarning ishlari puxta baholanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, tanlov yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 20 nafar ishtirokchi tanlovning O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Tanlov davom etmoqda…

Filial Matbuot xizmati.