Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Jamoa a’zolari jamoaviy hisobda 1-o‘rinni egalladi

Yurtimizda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida Universiada sport musobaqalarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.

Joriy yilning 23 aprel kuni Surxondaryo viloyatida sportning workout turidan O‘zbekiston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi.

Sportning ushbu turidan kuchli sportchilarni jamlagan musobaqa qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakunida o‘g‘il bolalar jamoasi 1-o‘rin, qizlar jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, umumiy hisobda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi 1-o‘rinni egalladi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Respublika jamoasining jamoa hisobida 1-o‘rinni egallashida O‘zDJTU Nukus filiali talabalarining ham salmoqli hissasi bor.

Filial Baspasóz xizmati.