Talabalarga bank omonatlari haqida tushunchalar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida oliy ta’lim tashkilotlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda 2020 yildan boshlab muntazam ravishda «Global Money Week» xalqaro ta’lim kampaniyasi doirasida talabalar uchun moliyaviy masalalar bo‘yicha savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv tadbirlari va loyihalar o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Global Money Week» xalqaro ta’lim kompaniyasi doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda volontyorlar tomonidan filial talabalariga bank omonatlari, omonat turlari, omonatlarni qo‘yish tartibi, omonatlarni qo‘yishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, omonatlarning foiz stavkalari haqida tushunchalar berildi.

Talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.