Talabalar festival doirasida tarixiy joyga sayohat uyushtirdi

Joriy yilning 23 aprel kuni start berilgan «Talabalar bahori» festivali chin ma’noda oliy o‘quv yurtlari talabalarini qamrab olmoqda.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari festival doirasida Xo‘jayli tumanida joylashgan «Mazlumxon suluv» ziyoratgohi va Mizdaqxon arxeologik majmuasiga sayohat tashkil etildi va u yerda Mizdaqxon eramizning VI – VII asrlari, Govur qal’a X asr, Xalifa Rejeb IX asrning ikkinchi yarmi, Shamun Nabiy XIX asr, Mazlumxon suluv XIII asrga oid tarixiy arxeologik yodgorliklar haqida ma’lumotlar oldi.

Festival doirasida tashkil etilgan sayohat talabalarda iliq taassurotlar qoldirdi.

Filial Matbuot xizmati.