Talabalar g‘oliblar safidan o‘rin oldi

Navoiy shahrida sportning yunon-rum, erkin va ayollar kurashi turlari bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Kubokda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etmoqda.

Sportchilar o‘zaro O‘zbekiston kubogi uchun qizg‘in bellashuvlar olib borayotgan musobaqada filial talabalaridan 59 kg vazn toifasida Ulbiyke Karlibayeva 1-o‘rin, 65 kg vazn toifasida Shaxzoda Allaniyazova 2-o‘rin, 57 kg vazn toifasida Durdona Dauletmuratova va 50 kg vazn toifasida Umida Karimbayeva 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va ular tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.