Talaba-qizlarga o‘quv yurtining ichki tartib qoidasi tushuntirildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talaba-qizlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Unda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Allambergenova, psixolog A.Alliyarova, tyutor M.Yuldasheva, «Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchisi U.Kalillaeva va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha «Sport turlari» fakulteti dekani o‘rinbosari T.Djumaniyazovalar talaba-qizlarga o‘quv yurtining ichki tartib-qoidasi va kiyinish madaniyati haqida batafsil tushunchalar berdi.
Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va bu borada o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.
Filial Matbuot xizmati.