Filial profilaktika inspektori talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Tadbirda profilaktika inspektori tomonidan talabalarga gender tengligi, xotin-qizlar zo‘ravonlik yoki tazyiqqa uchraganda qaysi idoralarga murojaat qilish kerakligi, himoya orderi nima, uni kimlar va qanday tartibda rasmiylashtiradi, shuningdek, ichki tartib intizomi, filial talabalari orasida sodir bo‘layotgan huquqbuzarliklar uning oldini olish yo‘nalishida qilinayotgan chora-tadbirlar va ularga qonun doirasida ko‘rilayotgan jazo choralari haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, endi yoz mavsumining boshlanib kunlarning isishi bilan respublikamizda belgilanmagan joylarga cho‘milib, suvga ketish holatlari uchraydi va shunday ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida talabalarga belgilangan joylarda cho‘milish kerakligi haqida tushunchalar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.