Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Qizlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi

Talaba-qizlarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli tashkil etish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi va «Qizlarjon klubi» sardori bilan hamkorlikda «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda filial qizlari orasidan jami beshta jamoa a’zolari ishtirok etdi va ular o‘zlarining bilimi, chaqqonligi va ziyrakligini sinovdan o‘tkazdi.

Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tkazilgan o‘yin yakunida «Voleybolchilar» jamoasi 1-o‘rin, «Oysuluv qizlari» jamoasi 2-o‘rin hamda «Chempionlar,» «Sakura» jamoalari 3-o‘rinni egalladi.

Sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.