Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

To‘garak ishtirokchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi

Nukus tumanida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan Sh.Ibragimova sport mahorat to‘garagida shug‘ullanayotgan badiiy gimnastikachi qizlarga «Xoreografiya mashg‘uloti» bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi va bu bo‘yicha mahorat to‘garagiga qatnayotgan qizlarga tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, filialning «Badiiy gimnastika» mutaxassisligi 2-kurs talabalari tomonidan mashg‘ulotlar amaliy ko‘rinishda namoyish etildi.

Filial Matbuot xizmati.