Namangan davlat texnika universitetida “Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha ustuvor vazifalar” mavzusida respublika o‘quv seminari o‘z ishini boshladi

Seminarda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i X.Atamuratov va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktorining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari I.Mambetnazarov ham ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Seminarning ochilishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov va Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.

Seminar doirasida ilmiy faoliyatni tizimli tashkil etish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
Filial Matbuot xizmati.