Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Bitiruvchilarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Haq yo‘l sizga bitiruvchi» mavzusida diplom topshirish kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ravishda diplom topshirish kechasini filial direktorining Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Gulmurat Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bitiruvchilarga baland parvoz va oq yo‘l tilab, har bir bitiruvchi ustozlaridan olgan bilimlariga tayangan holda o‘zlarining egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.

So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarga o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirdi va ularga tantanali ravishda diplomlarini topshirdi.

Ma’lumot o‘rnida joriy yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialini 142 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Ular orasida Prezident va Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyalari sohiblari ham bor.

Filial Matbuot xizmati.