Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2025-2026-o‘quv yili uchun sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) kasbiy (ijodiy) imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlarning ochiq, oshkoralik tamoyillari asosida o‘tishini ta’minlash uchun belgilangan joylarda o‘tkazilayotgan har bir imtihon jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Farhod Turdiyev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibayevlar tomonidan doimiy ravishda kuzatib borilmoqda.

Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarini topshirishi uchun joylarda to‘liq sharoitlar yaratilgan. Imtihon topshiruvchilarning ballarini baholash to‘liq raqamlashtirilgan. Ya’ni, imtihon topshiruvchiga o‘sha vaqtning o‘zida to‘plagan ballari qo‘l telefoniga SMS xabar qilib yuboriladi.

Agarda, to‘plagan ballaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar uchun shikoyat arizasi berishlari uchun filialda apellatsiya komissiyasi ishlab turibdi.

Filial Matbuot xizmati.