O‘zbekistonda to‘rt o‘quv yili uchun bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi

2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
18-iyul kuni “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident farmoyishi [PF-43-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Farmoyish bilan 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:
bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
• 2025/2026 o‘quv yili uchun — 35 500 ta;
• 2026/2027 o‘quv yili uchun — 36 023 ta;
• 2027/2028 o‘quv yili uchun — 36 460 ta;
• 2028/2029 o‘quv yili uchun — 36 761 ta.
magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
• 2025/2026 o‘quv yili uchun — 9 922 ta;
• 2026/2027 o‘quv yili uchun — 10 191 ta;
• 2027/2028 o‘quv yili uchun — 10 477 ta;
• 2028/2029 o‘quv yili uchun — 10 784 ta.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
• respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
• davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;
• Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.
Filial Matbuot xizmati.