Yoz o‘tmoqda soz

Avval xabar berganimizdek, Nukus shahri «Chimboy guzari» MFY hududida «Yoshlar dam olish markazi» tashkil etilgan edi.

Bu yerda respublikamizdagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talaba-yoshlari ham maroqli dam olmoqda. Ya’ni, bugun filial talaba qizlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar markazda dam oluvchi yoshlar e’tiboriga havola etildi.

Loyiha doirasida filial talabalari yozgi ta’til kunlarini «Yoshlar dam olish markazi»da tashkilotchilar tomonidan o‘tkazilayotgan turli madaniy tadbirlar asosida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.

Filial Matbuot xizmati.