Talabalarga dzyudo sport turidan mahorat soati o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning yozgi ta’til kunlarini «Dolzarb 90 kun» doirasida ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish maqsadida dzyudo sport turi bo‘yicha mahorat soati o‘tkazildi.

Unda «Yakka kurash va tabiiy fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchisi Jumamurat Sultamuratov talaba-yoshlarga dzyu-do sport turining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kirib kelish tarixi, rivojlanish bosqichlari va ushbu sportda yaxshi natijalarga erishayotgan sportchilar haqida ma’lumotlar berdi.

Talabalar ma’lum darajada ushbu sport turi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Filial Matbuot xizmati.