Ishtirokchilarga basketbol sportining tarixi bo‘yicha tushunchalar berildi

«Dolzarb 90 kunlik» doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari uchun yozgi ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish maqsadida mahorat darsi o‘tkazildi.

Unda «Sport o‘yinlari» kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan basketbol sport turi tarixi bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.