22-23-avgust – O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 22-23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab «Obod va fayzli mahalla – yurtimiz ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Filialning barcha mehnat jamoasi a’zolarini umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Yurtimiz ko‘rki obod va fayzli mahalladan boshlanadi.
Filial Matbuot xizmati.