Talabalar basketbol sportining tarixi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025 yilning 15 may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida «Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi.

Unda filial professor-o‘qituvchisi S.Aytjanov yozgi ta’tildagi talabalarga basketbol sportining kelib chiqish tarixi va o‘yin qoidalari bo‘yicha tushunchalar berdi.

Filial Matbuot xizmati.