Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Yangi o‘quv yilining birinchi darslari barcha guruhlarda «Mustaqillik darsi» bilan boshlandi

Filial professor-o‘qituvchilari tomonidan «Mustaqillik darsi»da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda, shu jumladan oliy ta’lim tizimida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, amalga oshirilgan islohotlar va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida keng ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shu bilan birga vatanimiz taqdiri va kelajagiga befarq bo‘lmagan, yuksak ma’naviyatli shaxslar bo‘lib yetishishi davlatimiz siyosatining bosh maqsadi ekanligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, «Mustaqillik darsi» davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Dars davomida Vatanga sadoqat, mustaqillik g‘oyalariga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga qaratildi.

Filial Matbuot xizmati.