Talabalar – doimo e’tiborda

Ijarada yashaydigan talabalarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash. Ularning yashash sharoitlarini o‘rganish. Agar ularning yashash xonalarida kamchiliklar aniqlansa o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida filial profilaktika inspektori tyutorlar bilan birgalikda ijaradagi talabalarning ahvolidan muntazam ravishda xabar olib kelmoqda.

O‘rganishlar davomida ijaradagi talabalarga yashash xonalarini toza saqlash, kechqurun bemahal ko‘chaga chiqmaslik, ayniqsa, elektr energiyasi, gaz plita va isitish uskunalaridan to‘g‘ri xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilgan holda foydalanishi kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Filial direktori rahbarligida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar talabalarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Filial Matbuot xizmati.