Talabalar tarbiyaviy ahamiyati katta filmni tomosha qildi

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda «Uzakov Production» studiyasi tomonidan suratga olingan «DRUG DEALER» installyatsiyasi premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Giyohvand moddalar, uning tarqalish yo‘llari va undan foydalangan insonlarning ayanchli hayoti aks etgan film filial talabalarida bu xavfli illat ekanligi haqida tushuncha hosil qildi.
Filmni tomosha qilish orqali talabalar bunday yomon illatdan uzoq bo‘lish kerakligi haqida tushunchaga ega bo‘ldi.
Filial Matbuot xizmati.