Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talaba qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida xotin-qizlarni tazyiq, zo‘ravonlikdan himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida filial talaba qizlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Allambergenova, profilaktika inspektori, kapitan R.Ismaylov va psixolog A.Alliyarovalar ishtirokchilarga zo‘ravonlik va tazyiq bo‘lganda himoya orderini olish tartiblari, xotin-qizlar orasida uchrayotgan jinoyatlar, ularga nisbatan qo‘llanilgan jazo choralari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbir davomida har bir ishtirokchini sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday jinoyatlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.