Aksiyaning inson salomatligi uchun ahamiyati katta

«Yuksalish» harakati tomonidan Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda 28 oktyabrdan 3 noyabrgacha yurtimiz bo‘ylab «Biz – donormiz!» xayriya aksiyasi deb e’lon qilingan edi.

Bu – boshqalarga yaxshilik qilish, og‘ir ahvoldagi insonlarga yordam berish niyatida bo‘lganlar uchun imkoniyat.
«Yuksalish» harakati tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Biz – donormiz!» nomli donorlik xayriya aksiyasiga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining ko‘ngilli mehnat jamoasi a’zolari va talabalari ham faollik ko‘rsatib qon topshirdi.

Bu tashabbusning maqsadini tushunganimdan so‘ng, men ham hamma qatori topshirishga rozi bo‘ldim. Sababi, bizlar topshirgan qon har kuni qiyin vaziyatlarga tushgan insonlarning hayotini saqlab qoladi ekan. Og‘ir operatsiyalarni boshidan kechirgan bemorlar, avtohalokatlarda jabrlanganlar, onkologik kasalliklar bilan og‘riganlar va qon quyishni talab qiladigan boshqa ko‘plab tashxislari bor odamlar uchun muhim ekan. Men ushbu aksiyada qatnashib bemorlarga yordam berganimdan xursandman deydi, – aksiyada qatnashib qon topshirgan talabalardan biri.

Bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazish shifoxonalar va tibbiyot markazlarida qonning yetarli darajada ta’minlanishiga yordam beradi. Bu ayniqsa, favqulodda vaziyatlar va rejalashtirilgan operatsiyalar uchun muhim.
Filial Matbuot xizmati.