Sana munosabati bilan sportning mini futbol turidan musobaqa o‘tkazildi

Mamlakatimizda «Inson qadri uchun» degan ezgu g‘oya asosida hayotga tatbiq etilayotgan yangilanishlarda 120 yillik tarixga ega O‘zbekiston kasaba uyushmalari ham muhim o‘rin egallab kelmoqda.

11 noyabr – «O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan filial xodimlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida «O‘zbekiston Kasaba uyushmalari 120 yil xalq bilan» shiori ostida sportning mini futbol turidan Direktor kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada xodimlar va kafedra professor-o‘qituvchilari orasidan jami to‘rt jamoa a’zolari kubok uchun o‘zaro bellashdi. Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi va ular kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.