Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining «2025 yilda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi»ga muvofiq O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga sportchilarni tayyorlashning dolzarb muammolari va yechimlari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlaridan tashqari, qo‘shni va xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlarining olimlari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari va talabalari ishtirok etdi.

Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Gulmurod Xo‘jametov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini va bunday qo‘llab-quvvatlashlarning natijasida mamlakatimiz sportchilari tomonidan xalqaro sport arenalarida katta yutuqlar qo‘lga kiritilayotganini aytib o‘tdi hamda sohani yanada rivojlantirish uchun ilm-fan bilan yaqin hamkorlik qilish zarurligiga ham to‘xtalib, konferensiyaning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng konferensiya o‘z ishini boshladi. Konferensiyada Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, K.A.Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Innovatsion texnologiyalar universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali va boshqa bir qator oliy ta’lim muassasalari ishtirokchilari bugungi kunning dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruzalar qildi. Bu borada olimlar va mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirdi.

Konferensiya yakunida ma’ruzachi va ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda sport o‘yinlari turlarini ommaviy rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Faol ishtirok etgan izlanuvchilar va talaba-yoshlar filial rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.