Filial mehnat jamoasi va talabalar loyiha doirasida daraxt ko‘chatlarini ekdi

Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida respublikamiz hududida har yili millionlab daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Ushbu tashabbus mamlakatimizda ona tabiatni asrash, yashil qoplamali hududlar maydonini kengaytirish, ayniqsa, aholimizda ekologik madaniyatni yuksaltirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali mehnat jamoasi va talabalar filial direktori rahbarligida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida shahrimizda belgilangan joyga daraxt ko‘chatlarini ekishda faol ishtirok etdi.

Filial mehnat jamoasi va talabalar tomonidan ekilgan daraxt ko‘chatlari kelgusida ulkan yashil qoplamali maydonga aylanib ona tabiatimizning yanada go‘zallashishiga zamin yaratadi deb o‘ylaymiz.
Filial Matbuot xizmati.