Direktor kubok ishtirokchilarini qabul qildi

Avval xabar berganimizdek joriy yilning 17-28 noyabr kunlari Tailandda gandbol bo‘yicha U-19 qizlar o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida filial gandbol mutaxassisligi talabalari Sarbinaz Saparbayeva va Dilfuza Ibragimovalar ham ishtirok etgan edi.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov Tailandda gandbol bo‘yicha U-19 qizlar o‘rtasida xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo bosqichida ishtirok etgan va O‘zbekiston terma jamoasining ushbu musobaqada 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritishda salmoqli hissa qo‘shgan filial talabalari S.Saparbayeva va D.Ibragimovalarni qabul qildi.

Qabul jarayonida filial direktori talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va ularga kelgusi musobaqalarda yanada yaxshi natijalarga erishishlarini tiladi.
Filial Matbuot xizmati.