Faol ishtirok etgan talabalar Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi

Filial talabalari ishtirokida Axborot resurs markazida «Berdaq G‘arg‘aboy o‘g‘lining hayoti va ijodi»ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Axborot resurs markazi rahbari K.To‘reshova adabiy kecha o‘tkazishdan asosiy maqsad va vazifa haqida tushuncha berdi.

So‘ngra «Jismoniy tarbiya nazariyasi, gumanitar va tabiiy fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Baxitli Saribayev va Ayjamal Matjanovalar talabalarga Berdaq G‘arg‘aboy o‘g‘lining hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berdi va buyuk qoraqalpoq klassik shoirining hayoti va ijodidan tuzilgan viktorina savol-javoblarini o‘tkazdi.

Tadbir davomida viktorina savollarida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.