Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ikki oliygoh o‘rtasida do‘stlik uchrashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali yoshlar o‘rtasida sport orqali do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda «Sport – do‘stlik elchisi» mavzusida sportning Mini-futbol, Badminton, Stol tennisi va Shaxmat turlaridan do‘stlik musobaqalari o‘tkazdi.

Unda dastlab filial sportchi talabalari Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, millatlararo totuvlik va do‘stlikni mustahkamlash, sport orqali hamjihatlik ruhini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan musobaqaning ochilish marosimida UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, «Sport klubi» boshlig‘i o‘rinbosari M.Rahimov va filial direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G.Xo‘jametov musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Musobaqa qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tkazildi va ikki oliy ta’lim muassasasi talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial Matbuot xizmati.