Sport – do‘stlik elchisi

Urganch davlat universiteti sport maydonlarida hamkorlikda o‘tkazilgan «Millatlararo totuvlik oyligi» doirasidagi sport tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Unda ikki oliy o‘quv yurti Urganch davlat universiteti va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol, badminton, stol tennisi va shaxmat turlaridan do‘stlik musobaqalari o‘tkazildi.

Talabalarning ruhiy ko‘tarinkiligi, o‘zaro hurmat va halollik tamoyillariga sodiqligi musobaqalarning haqiqiy bayramona ruhda o‘tishiga sabab bo‘ldi.

Filial Matbuot xizmati.