Filial talabalari diqqatiga!

Sportning erkin kurash turidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktor kubogi o‘tkaziladi.
Unda filialning barcha talaba-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.
Musobaqaning o‘tkaziladigan joyi va boshlanish vaqti:
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi bazasida 2025-yil 18-noyabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.
G‘oliblar filial direktori tomonidan Diplom bilan taqdirlanadi.
Filialning barcha talaba-yoshlarini direktor kubogi uchun bo‘lib o‘tadigan musobaqada kutamiz.
Filial Matbuot xizmati.