Filial talabasi 1-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 19-20 dekabr kunlari Toshkent shahrida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Samira Axmedova ham ishtirok etdi.
Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida Samira barcha raqiblaridan ustun kelib, 1-o‘rin sohibasi bo‘ldi va medal, Diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.