Filial talabasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Zaripov Berikbay Tazabay o‘g‘li respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan salmoqli hissasi va jamoat ishidagi faol ishtiroki uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Zaripov Berikbay ilmiy rahbari Ametov Salavat bilan birgalikda bir qator respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarini nashr etib kelmoqda.
Filial Matbuot xizmati.