Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial o‘qituvchilari murabbiy va sportchilarga seminar o‘tkazdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Nukus shahri 1-sonli sport maktabi badiiy gimnastika sport turi trener o‘qituvchilari va 2012-2013-yillarda tug‘ilgan sportchilariga «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» va «Prezident Olimpiadasi» sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha seminar o‘tkazdi.

Unda kafedra o‘qituvchilari murabbiy va sportchilarga nazariy va psixologik maslahatlarini berdi. Bunda sportchilarni «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» va «Prezident Olimpiadasi» sport musobaqalariga munosib ishtirok etishlari uchun sportchilarning musobaqa oldi tayyorgarliklari va o‘quv oldi mashg‘ulot jarayonida qilinadigan mashqlarni bajarishning afzalliklari haqida tushunchalar berildi.

Joylarda filial professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv seminarlar sportchilarning sport musobaqalarida yaxshi natijaga erishishida asos bo‘lishi aniq.

Filial Matbuot xizmati.