Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov olib bordi. Unda kun tartibidagi bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Dastlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori B.Erimbetovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan 2026 yil yanvar oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq filialning «Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Maxamatdinovaning «Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish ishlari to‘g‘risida»gi hisoboti hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Mambetnazarovning «2025-2026 o‘quv yilining birinchi yarmida professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risida»gi hisobotlari Kengash a’zolari tomonidan tinglandi.

Shuningdek, Kengash yig‘ilishi yakunida filial faoliyatiga oid joriy masalalar muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Filial Matbuot xizmati.