Kitobxon talabalar yozuvchi bilan uchrashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Axborot resurs markazi rahbari K.To‘reshova tomonidan «Kitobxon» to‘garagi a’zolari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq yozuvchisi, «Do‘stlik» ordeni sohibi, filologiya fanlari nomzodi, «Antik dunyo» xalqaro akademiyasi akademigi, «Oltin qalam» mukofoti sovrindori Allanazar Abdiyev bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda xalqimizga mashhur yozuvchi Allanazar Abdiyev uchrashuv ishtirokchilariga o‘zining hayot yo‘li, ijodi, har bir asarining yaratilish tarixi va shu kungacha nashrdan chiqqan kitoblari haqida keng tarzda tushunchalar berdi.

Tadbir yakunida «Kitobxon» to‘garagi a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq yozuvchisiga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va esdalik uchun suratga tushdi.

Filial Matbuot xizmati.