Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talaba-qizlar rasm chizib bellashdi

11-fevral – «Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni» munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talaba-qizlarning ilm-fan yo‘nalishidagi orzu-niyatlari va kelajakka bo‘lgan qarashlarini ijodiy yondashuv orqali bilish maqsadida «Ilm-fanda mening orzularim» mavzusida rasm chizish tanlovining filial bosqichi o‘tkazildi.

Filial talaba-qizlari ilm yo‘lidagi o‘zlarining maqsadlarini rasm chizish orqali aks ettirdi. Ularning chizgan suratlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi va tanlov yakunida g‘olib ishtirokchilar aniqlandi.

G‘oliblar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi va tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Filial Matbuot xizmati.