Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

«Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi» mavzusida uchrashuv bo‘ldi

11-fevral – Xalqaro ilm-fan, ta’lim sohasidagi ayollar kuni munosabati bilan 10-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Olima ayol – jamiyat ko‘zgusi» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda filial direktorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.Kallilayeva, «Jismoniy tarbiya nazariyasi, gumanitar va tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchilari B.Allambergenova, A.Matjanova va talaba qizlar ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda B.Allambergenova va A.Matjanovalar talabalarga o‘zining mehnat faoliyati, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari va qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari haqida so‘zlab berdi.

 

Tadbir davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ustozlaridan javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.