Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabasi O‘zbekiston kubogi g‘olibi bo‘ldi

Sportning kurash turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Navoiy shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogi musobaqasining 3-kunida g‘olib va sovrindor aniqlandi.

Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Kurash» mutaxassisligi 1-bosqich talabasi Oygul Adilbayeva -87 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun keldi va musobaqa yakunida 1-o‘rinni egallab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tashkilotchilar tomonidan medal, Diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.