Amaliyotchi talabalar ochiq dars o‘tmoqda

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) kunduzgi ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabalari Nukus shahri va Nukus tumanidagi umumta’lim maktablariga pedagogik amaliyotlariga yuborilgan edi.

Amaliyot davomida «Badiiy gimnastika» mutaxassisligi talabalari maktab o‘quvchilariga ochiq darslar o‘tdi. Ochiq dars jarayonida amaliyotchi talabalar va turli pedagogik metodlardan foydalanib, o‘quvchilarning shu darsga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda. Maktab o‘quvchilari amaliyotchi talabalarning o‘tgan darslarini qiziqish bilan o‘zlashtirib bormoqda. Buni o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligidan ko‘rish mumkin.

Filial talabalarining pedagogik amaliyoti davom etmoqda. Ularning amaliyot jarayoni filial tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarlari tomonidan kuzatib borilmoqda.

Filial Matbuot xizmati.