Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ikki oliy o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilari fikr almashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti p.i.b.f.d. (PhD) v.v. professor S.J.Otaraly ishtirokida video aloqa orqali «Ilmiy maqolalarni shakllantirish va nashr etishdagi muammolar va istiqbollar» mavzusida seminar tashkil etdi.

Unda L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universitetining p.i.b.f.d. (PhD) v.b professor S.J.Otaraly tomonidan «Ilmiy maqolalarni shakllantirish va nashr etishdagi muammolar va istiqbollar» mavzusida Scopus xalqaro ilmiy-texnik bazasida maqolalarni shakllantirish, maqolaning tuzilishi, hajmi, maqolada qo‘llaniladigan jadvallar, fotosuratlar va turli chizmalardagi (diagrammalar) haqida so‘zlab berdi.

 

So‘ng ikki oliy o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilari xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish ishlarini rivojlantirish, xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science RINTs va boshqa) foydalanish bo‘yicha fikrlashdi.

Filial Matbuot xizmati.