Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Professor-o‘qituvchilar murabbiylar bilan maslahatlashdi

   Filialning ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan professor-o‘qituvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2026-yil 5-fevral kungi xatiga asosan respublikamizdagi sport maktablari murabbiylariga seminar-treninglarini o‘tkazishni davom ettirmoqda.

«Jismoniy tarbiya nazariyasi, gumanitar va tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri A.Quralboyev va «Yakka kurash sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi mudiri S.To‘yliboyevlar professor-o‘qituvchilari bilan birga Nukus shahri 1-sonli sport maktabi murabbiylariga seminar-trening o‘tkazdi.

Seminar davomida professor-o‘qituvchilar murabbiylarga sportchilarga musobaqa oldidan qanday mashg‘ulot qilish kerakligi va ularni musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlash bo‘yicha o‘zlarining maslahatlarini berdi.

Filial Matbuot xizmati.