Talabalar o‘rtasida «Munozara» debat intellektual o‘yini tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida «Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar uchun foydali» mavzusida «Munozara» debat intellektual o‘yini tashkil etildi.

Ushbu intellektual o‘yinni o‘tkazishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish, mantiqiy-ijtimoiy fikrlash, fikrlarini erkin yetkazish darajasini rivojlantirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iborat.

Yuqori saviyada o‘tkazilgan intellektual o‘yin yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.