Filial talabalari O‘zbekiston kubogida sovrinli o‘rinlarni egalladi

Xorazm viloyatida sportning erkin kurash turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan bu kubokka O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan ham sportchilar qatnashdi.
O‘zlarining vazn va yosh toifalari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial talabalaridan Karlibayeva Ulbike 1-o‘rin, Emishbetova Gulnur, Berdimuratova Malika, Turdimuratova Iroda va Baymuratova Uldanaylar 2-o‘rin g‘oliblariga aylanishdi.
Sportchilarni professor-o‘qituvchilardan U.Jarilkapov va A.Yakupbayevlar musobaqaga tayyorladi.
Filial Matbuot xizmati.