Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

El farovonligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!

13-14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab «El farovonligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali mehnat jamoasi a’zolari va talaba-yoshlari ham ushbu hasharda faol ishtirok etmoqda.

Bunday xayrli tadbirda hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, daraxt va ko‘chatlarni oqlash, ijtimoiy obyektlar atrofini tartibga keltirish kabi ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimizning har bir hududi obod va ozoda bo‘lishida umumxalq hashar muhim o‘rin tutadi.

Filial Matbuot xizmati.