Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ijaradagi talabalarning ahvolidan xabar olindi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Menlimuratov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi U.Kallilayeva, psixolog A.Alliyarova va tyutor. D.Urazxonovlar ijara shartnomasi asosida ijara uylarida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlaridan xabar oldi.

Ular ijaradagi talabalarga yashash xonalarini toza tutish, bevaqt ko‘chaga chiqmaslik va darslariga vaqtida to‘liq qatnashishlari kerakligi haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Bu boradagi tadbirlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali rahbariyati tomonidan muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Filial Matbuot xizmati.