Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ijara uylarda yashayotgan talaba qizlarning ahvolidan xabar oldi

 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi U.Kallilayeva va tyutor M.Yuldasheva bilan birgalikda ijara shartnomasi asosida ijara uylarida yashayotgan talaba qizlarning ahvolidan xabar oldi.

Unda ular talaba-qizlar bilan tartib-intizomli bo‘lish, darslarga o‘z vaqtida kelish, jamoat ishlariga faol qatnashish, yashash xonalarini toza saqlash va uy egalari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish kerakligi haqida suhbatlashdi.

Bunday tadbirlar Xotin-qizlar kengashi va tyutorlar tomonidan muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Filial Matbuot xizmati.