Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

«Yashil makon» – yashil tabiat asosi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Respublika miqyosida «Yashil makon» umummilliy loyihasiga start berildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan videoaloqa orqali yurtimiz farovonligiga, yashil belbog‘larni barpo etishga hissa qo‘shish niyatida bo‘lgan respublika faollari, yoshlar, nuroniylar va xotin-qizlar, muassasa, tashkilotlar xodimlari va keng jamoatchilik vakillari qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali mehnat jamoasi a’zolari va talaba-yoshlari ham ko‘ngilli ishtirok etdi.«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali mehnat jamoasi a’zolari va talaba-yoshlari Nukus shahrida belgilangan joylarda daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini olib bordi.

Filial Matbuot xizmati.