Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabasi Jahon kubogida ishtirok etdi

Joriy yilning 28-30 mart kunlari oralig‘ida Bolgariya Respublikasining Sofiya shahrida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tgan edi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «badiiy gimnastika» mutaxassisligi talabasi Samira Ahmedova ham ishtirok etdi.

Kubok yakunida O‘zbekiston terma jamoasi guruh bo‘lib chiqish mashg‘ulotlarida «5 to‘p» dasturida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Filial o‘quvchisini Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib bronza medalini qo‘lga kiritgani bilan tabriklaymiz.

Filial Matbuot xizmati.