Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar rektor bilan muzeyga sayohatga bordi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov filial direktori Bayrambay Erimbetov bilan birgalikda filial talabalari bilan birga I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyiga sayohat qildi.

Sayohat davomida ular muzey zallaridan o‘rin olgan 1920-30-yillar rus avangardi, Qoraqalpog‘iston xalq amaliy san’ati, qadimgi va o‘rta asrlar Xorazm san’atiga oid bo‘lgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.

Rektor boshchiligida I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyiga sayohat talabalarda yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Filial Matbuot xizmati.